
2025-yilning 22–25-fevral kunlari Karate WKF sport turi bo‘yicha Tailandning Bangkok shahrida "Thailand CUP" xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
26.02.2025
Ushbu nufuzli musobaqada viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Bekpo‘lat Sabirov boshchiligida Xiva shahar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi!
G‘oliblar:
Karimboev Artur
Mamleeva Aynura
Shomuratov Iskandar
Tabriklaymiz!