
04.08.2022

Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha hududlarni sektorlarga bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish tizimi yaratib berildi.
Shuningdek, “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli Qaroriga muvofiq yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash bo‘yicha vertikal boshqaruv tizimi joriy qilingan bo‘lib, soliq sektorlarida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xiva shahar soliq sektorida 5 ta mahalla, 2 990 ta xonadon bor. Ularda 4 428 ta oila istiqomat qiladi, aholi soni 17 914 nafarni tashkil etadi.
(Maʼlumot uchun: erkaklar soni 8,9 ming nafarni, ayollar soni 9 ming nafarni va yoshlar soni 3,8 ming nafarni tashkil etadi.)
“Temir daftar”ga 203 ta ehtiyojmand oila kiritilib, 182 ta (89,6 foiz) oila ko‘rsatilgan yordamlar natijasida daftardan chiqarildi.
Daftarda qolayotgan 21 ta oilalarning 2 tasi o‘ta muhtoj oila, 17 tasi muhtoj oila, 2 tasi vaqtincha muhtoj oilalar bo‘lib, shundan joriy yilda 2 ta oila yangidan daftarga kiritilgan.
Daftardagi qolayotgan oilalar; Jumladan,
- 7 ta oilada 1 va 2 guruh nogiron aʼzolari mavjud;
- 4 ta oila boquvchisini yo‘qotgan;
- 6 ta oila ijtimoiy qo‘llab quvvatlash;
- 4 ta oilada mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari mavjud;
Ushbu ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni holidan xabar olib kelinmoqda, ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar ko‘rsatilmoqda hamda bandligini taʼminlash yoki doimiy daromad manbayiga ega qilish chora-tadbirlari olib borilmoqda.
“Ayollar daftari”ga 3-bosqichda 6 ta yo‘nalishdagi muammolar bo‘yicha 378 nafar xotin-qizlar daftarga kiritilib, joriy yilning 1-avgust holatiga 289 nafar xotin-qizlarga yordamlar ko‘rsatildi.
Jumladan, 107 nafar ishsiz ayollarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, 43 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashildi.
Ijtimoiy yordamga muxtoj 65 nafar xotin-qizlarga yordamlar ko‘rsatildi, shundan 4 nafari uy-joyi taʼmirlandi.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan 48 nafar xotin-qizlarga moddiy, tibbiy yordamlar ko‘rsatildi, shundan 1 nafari uy-joyi taʼmirlandi.
Uy-joyga muhtoj 2 nafar ayollardan 2 nafariga ijara kompensansiyasi to‘landi.
Qaramog‘ida bolalari nogironligi bo‘lgan 41 nafar ayollarga yordamlar ko‘rsatildi.
Daftarda qolayotgan 89 nafar xotin-qizlarga sektor ishchi guruhlari tomonidan 6 ta yo‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda.
Misol uchun:
1. Daftardagi ishsiz ayollarni daromad manbaini yaratish maqsadida Xonaki tovuqchilikni rivojlantirish loyihasini ishlab chiqdik va o‘z mablag‘i,bank kredit, homiylik hamda subsidiya mablag‘lari hisobiga 57 nafar ayollarni (har bir ayolga 30 ta parranda berildi) “Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va ko‘paytirish” faoliyat turi bo‘yicha “O‘z-o‘zini band kilish” orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib bandligi va ijtimoiy himoyasi taʼminlandi.
2. Xiva shahar Angarik mahallasi Angarik ko‘cha 112-uyda yashovchi fukaro Turamuradova Shaxnoza Azizjon qizi tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 15 mln. so‘m kredit olish bo‘yicha muammolari 4-sektor rahbari va hokim yordamchisi bilan birgalikda xal qilinib, kredit olib berildi va fuqaro tomonidan tikuvchilik faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
3. Xiva shahar Gilamchi mahallasida daftardagi 12 a-uyda yashovchi Norboyeva Manzurani uyining old fasad qismi taʼmirlandi va isitish tizimi yangidan o‘rnatib berildi. (5 100 ming so‘m sarflandi).
4. Xiva shahar Sangar mahallasi “Madadkor” ko‘chasi 23-uyda yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fukaro Bog‘bekova Sanobar Erkaboy qizi subsidiya asosida uy sharoitida xonaki tovuqchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagi mavjudligi aniqlanib, 4-sektor xodimlari va mahallasi hokim yordamchisi bilan birgalikda muammosi hal qilinib subsidiya hisobidan inkubator uskunasi berilib, o‘zini o‘zi band qilindi.
5. Xiva shahrida “Xiva karver trades” MCHJ rahbari Abdusharipov Hamro Jasurbek o‘g‘li tomonidan Gazchi mahallasida joylashgan hususiy binosida qiymati 2,7 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari hisobiga tikuvchilik yo‘nalishida 21 nafar ishsiz ayollarning bandligini taʼminladi.
“Yoshlar daftari”ga 2022-yil boshidan shu kunga qadar 82 nafar yoshlar kiritilib, 64 nafari (78 foiz) daftardan chiqarildi.
Bugungi kunga qadar, 64 nafari daftardan chiqarilgan yoshlarga quyidagi yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatildi:
- 1 nafari kredit ajratildi;
- 7 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiyalar ajratildi;
- 21 nafariga to‘lov kontrakti to‘lab berildi;
- 2 nafariga safarbarlik chaqiruv rezervi uchun yordam berildi;
- 8 nafariga haydovchilik guvohnomasi uchun yordam berildi;
- 9 nafariga o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha;
- 12 nafari yoshlar o‘z arizasi bilan daftardan chiqqan;
- 4 nafari yoshlar boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha daftardan chiqarildi.
Bugungi kunda daftardagi 18 nafar (21,9 foiz) yoshni muammosini hal qilish va daftardan chiqarish bo‘yicha ishlayapmiz.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftar”lariga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi.
Misol uchun: Xiva shahar Angariq mahallasida yashovchi temir daftarda ro‘yxatda turuvchi 1976 yilda tug‘ilgan Avezov Quvondiqning davolanishi uchun 10 mln.so‘m, Gazchi mahallasi yig‘inida yashovchi yoshlar daftarida ro‘yxatda turuvchi 1992-yilda tug‘ilgan Xudayberganova Nilufarning davolanishi uchun 9,1 mln.so‘m moddiy yordam yordamlar ko‘rsatildi.
Kooperatsiya usulida faoliyat yuritishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
2022 yil davomida soliq sektorlari hududida 1 ta kooperatsiya tashkil etish mexanizmi bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalar reja bo‘yicha 1 tasi ishga tushirildi.
Jumladan:
Yaratiladigan qo‘shimcha ish o‘rinlari bo‘yicha doimiy ish o‘rinlariga ishga tushgan kooperatsiya hisobiga 21 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi;
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun sarflangan mablag‘ 2 mlrd 700 million so‘mni tashkil qilgan.
Shundan:
Tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari 2 mlrd 700 million so‘mni tashkil qilgan.
Misol uchun
Xiva shahrida “Xiva karver trades” MCHJ rahbari Abdusharipov Hamro Jasurbek o‘g‘li tomonidan Gazchi mahallasida joylashgan hususiy binosida qiymati 2,7 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari hisobiga tikuvchilik yo‘nalishida 21 nafar ishsiz ayollarning bandligini taʼminladi.