04.07.2022
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ko‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Xiva shahrida bir qator ishlar amalga oshirimoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 08 iyundagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy ta’minotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning 16-iyun kuni Xiva shahrida yolg‘izlar ro‘yxatiga olingan fuqarolar holidan xabar olindi. Xiva shaxar xokimi Temur Davletov tashabbusi bilan “Do‘stlik” mahallasida yashovchilar Madraximova Anagul, Jumaniyazova Yekaterina, Antoniv Olga, Matnazarova Oybibi va “Yangi xayot” maxallasida yashovchi Sadullayev Po‘latlarning xonadonlariga shahar Prokurori B.Abdullayev,hokim o’rinbosari M.Raxmanov, Tibbiy –ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Abdullayev va shahar tibbiyot birlashmasi hodimlari bilan birgalikda tashrif buyurib, ularning holidan xabar olinib, oziq-ovqat maxsulotlari berildi. Shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R.Pirnazarov o‘z xodimlari bilan birgalikda yolg‘izlarning sog‘liqlarini nazorat qilish bo’yicha bir qator ishlarni amalga oshirdilar. Tashrif doirasida 2 ta yolg‘izni sog‘ligini tiklash uchun “Nuroniy” jamg‘armasi tamonidan Xonqa sanatoriyasiga yo‘llanma berilishi tavsiya qilindi , shahar hokimi T.Davletov tomonidan 2 nafar yolg‘izning uyni tamirlash ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, uyda yolg’iz yashovchi boquvchisini yo’qotgan keksalar muammo va takliflari bilan ham tanishdilar. Bunday e’tibordan qalblari quvonchga to‘lgan yolg‘izlarimiz, xonadonlariga tashrifidan mamnun bo‘lishib, xususan Prezidentimiz va barcha soha xodimlarini duo qilishib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Xiva shahar hokimligi axborot xizmati Biz bilan bo'ling!