Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
“Bogbonli” masjidi

05.01.2021

Shahar Ichon-qalʼa qismining janubi-sharqida joylashgan bu mahalla masjidi ilmiy adabiyotlarda Bog‘bonli masjidi nomi bilan mashhur. Hatto, uning muzey fondida saqlanayotgan vaqfnomasidan ham shu nomni o‘qiymiz.

Masjidning marmar lavhidagi epigrafik yozuvida Pahlavon Quli tomonidan 1809 yilda qurilgani yozilgan. 1813 yilda muallifi nomaʼlum bo‘lgan kishi tomonidan yozilgan “Halvati so‘fiho” qo‘lyozmasida ushbu fikrlarni o‘qish mumkin:-“ Va nurnishon Eltuzarxonning ayyomi davlatinda bino topgan Zubayda xonimning masjidlarini Pahlavon Quli bog‘bonli yiqib toshdin gumbaz qilib adog‘a yetkurdi”. Demak, avval xom g‘ishtli nigirik (cho‘bkori) usulida qurilgan masjidning nomi Zubaydaxonim bo‘lgan ekan. Masjid “masjidqo‘vm” bo‘lib, 1922 yilgi maʼlumotda unga 48 xonadondagi 163 aholi birlashgan davlat maʼmuriy idorasi bo‘lgan. Masjidning qayta qurilganiga ikki yuz yildan oshdiki, mahalliy aholi unga g‘arbiy tomondan yopishtirib qurilgan mozorni “Malika xonim mozori” deb hisoblaydilar. Haqiqatda bu qabr Zubaydaxonimning qabri bo‘lishi kerak.

 

Katta bir gumbazli bu masjid ko‘rinishdan XIV-XV asrlar yodgorligini eslatadi, bunga sabab uning ichki bezaklari, ayvonidagi ikkita ustunining o‘yma naqshlari, ularga yozilgan hadislar shu davrga xosligidir. Bu ustunlar balki, masjidning avvalgi binosidan qolgandir.

Masjid kirish eshigining tepasidagi devorga o‘rnatilgan marmar taxtachadagi yozuv, fors tili, nastaʼliq xatida bo‘lib, uning tarjimasi shunday:

Yaxshi xislatli usta Pahlavonquli,

Allohning lutfidan madad oldi.

O‘zining jufti haloli uchun,

Qudrat egasining (Alloh) rizosiga.

Bir ajoyib oliy masjid bino qildi,

U o‘z chiroy va tozaligini jannatdan oldi.

Xuddi ziynatlangan tilla tangadek naqshlanib,

Barcha qubba va shiftlari dilni quvontiradi.

Uning dil qasri va dinini obod qil,

Ham do‘zax o‘tidan tanini ozod qil.

Bir ming ikki yuz yigirma to‘rt edi,

Uning ajoyib tarixi ey hushyor.

 Hijriy 1224 yil milodiy hisobi bilan 1809 yilga to‘g‘ri keladi

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ