May oyining 12-sanasida Ogahiy ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da o‘zbek adabiyotining ulug‘ adibi G‘afur G‘ulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan adabiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni maktabning ma’naviy -ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev ochib berdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan shoir hayoti va ijodi haqida taqdimot asosida ma'lumotlar berildi. O‘quvchilar shoirning "Vaqt", "Sog‘inish" she'rlarini yoddan o‘qishdi, "Shum bola", "Mening o‘g‘rigina bolam" asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Shoir hayotiga doir qo‘shimcha ma'lumotlar bir necha tillarda o‘quvchilar aytib berishdi. Tadbir o‘ziga xos ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Shundan so‘ng Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi rahbari Lelinza Otajanova, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,shoir Rahimboy aka Karimovlar mehmon bo‘lib, o‘quvchilarga, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdilar. Tadbirda faol ishtirok qilgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.