03.05.2023
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlangan “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonunining 47-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim
to‘g‘risida”gi Nizomining 39-bandiga asosan shaharda yangi qurilgan massivlar va
mahallalar tashkil qilinganligini inobatga olgan holda shaharda maktab yoshidagi bolalarni
umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish jarayonida umumta’lim muassasalariga biriktirilgan
hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6,25-moddalarini qo‘llab:
QAROR QILAMAN
1. Xiva shahar maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimining 2023-yil 7-apreldagi
01/7-13/14-004-son murojaati ma’lumot uchun qabul qilinsin hamda Xiva shahrida maktab
yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish bo‘yicha umumta’lim
muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) ro‘yxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Xiva shahridagi ta’lim rus tilida olib boriladigan 3 va 12-sonli maktablarga
shahardagi barcha hududlardan rusiyzabon o‘quvchilarning kelishini, ushbu maktablarda 1-
sinfga qabul rus tilini bilish darajasi bo‘yicha amalga oshirilishini inobatga olgan holda
mikrohudud berkitilmasin.
3. Shahar hokimining o‘rinbosari (J.Sharipov), shahar maktabgacha va maktab
ta’limi bo‘limi (Z.Rahimova), shahardagi barcha umumta’lim muassasalari rahbarlari
zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish,
o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning
natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasi
topshirilsin.
4. Shahardagi umumta’lim muassasalari rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan
muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni umumta’lim maktablariga
jalb etishga shaxsan mas’ul ekanliklari ushbu qaror bilan belgilab qo‘yilsin.
5. Shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (Sh.Sa’dullayev),
mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan birgalikda maktab yoshidagi bolalarni umumta’lim
muassasalariga jalb etish jarayonida shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda
umumta’lim maktablari rahbarlariga amaliy yordam ko‘rsatsin.
6. Ushbu qaror kuchga kirishi munosabati bilan shahar hokimining 2022-yil 25-
iyuldagi 186-12-217-Q/22-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Shahar hokimligi axborot xizmati (O.Ikramov), Shahar maktabgacha va maktab
ta’limi boʻlimi (Z.Rahimova):
Ushbu qarorning mazmun - mohiyatini aholiga tushuntirish ishlarini olib borsin
hamda rasmiy manbalarda e'lon qilsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari
J.Sharipov zimmasiga yuklatilsin.