06.08.2022
Xiva shahar “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Ochiq muloqotda “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi S.Atajonov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov, shahar bo‘yicha IIB HPB IIO TP profilaktika inspektori leytenant O.Karimov va “Guliston” mahallasining jami 25 nafar fuqarolar ishtirok qildilar.
Seminarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek fuqarolarning huquqiy masalalar yuzasidan muammolarini tizimli hal etish va aholini huquqiy ongini doimiy oshirib borish, joylarda mavjud muammolarni hal etish uchun aholi o‘rtasida ochiq muloqotlar hamda odil sudlovni amalga oshirish jarayonlari, xalq bilan o‘tkaziladigan ochiq muloqotlar natijalari bo‘yicha so’z olib borildi.
O‘g‘irlik, yaʼni o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish jinoyati tushunchalari, bunday jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlari, shuningdek firibgarlik jinoyati tushunchalari, korrupsiya to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiya bilan bog‘lik bo‘lgan jinoyatlarining mazmuni hamda ushbu jinoyatlarni sodir qilganlik uchun jinoiy jazo turlari uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyatlarni oldini olish choralari yuzasidan bundan tashqari Sud-huquq tizimiga aloqador qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov ma’lumotlar berdi.