31.08.2022
Joriy yilning 31 avgust kuni Xiva shahar «Gulirayxon» mahalla fuqarolar yig‘ini binosida, mahalla raisi I.Xudaynazarov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov, shahar bo‘yicha IIB HPB IIO TP profilaktika inspektori mayor A.Raximov va mahalla 21 nafar fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Ochiq muloqotda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov so‘zga chiqib, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish hamda qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlari, bu toifadagi jinoyatlarni kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari hamda ularni oldini olish choralari, ushbu jinoyatlarni sodir qilganlik uchun jinoiy jazo turlari uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyatlarni oldini olish choralari va Sud-huquq tizimiga aloqador qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan maʼlumotlar berib o‘tdi.