01.09.2022
Joriy yilning 1 sentyabr kuni Xiva shahar “Ichon qalʼa” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida, mahalla raisi R.Abjanova, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov, shahar bo‘yicha IIB HPB IIO TP profilaktika inspektori mayor R.Abdullaev va “Ichon qalʼa” mahalla 21 nafar fuqarolar ishtirok qildilar.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov so‘zga chiqib, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyatlari, bu toifadagi jinoyatlarni kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari hamda ularni oldini olish choralari, ushbu jinoyatlarni sodir qilganlik uchun jinoiy jazo turlari uning salbiy oqibatlari va Sud-huquq tizimiga aloqador qonunchilikdagi o‘zgarishlar va yangiliklar yuzasidan gapirib o‘tdi.