Hamyurtlarimizning hayot tarzini tubdan o‘zgartirish, ularning har qanday muammolarini ijobiy hal qilish jumladan tadbirkorlik faoliyati, uy-joy ijarasi kommunal muammolar, tibbiy yordam va ko‘maklar, kredit subsidiya uy-joy qurilish taʼmir, hamda moddiy yordamlar, nogironlik bo‘yicha murojaatlarni shu va boshqa masallarni ijobiy hal qilish yuzasidan Xiva shahar hokimi Temur Davletovning bugun Xalq qabulxonasida Fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Ushbu qabul jarayonida umumiy 47 nafar hamyurtlarimizning barcha murojaatlari tinglanib ulardan 8 nafariga huquqiy maslahatlar 4 nafar fuqaro murojaati joyida hal qilinib 35 nafar murojaatchi yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib joyiga chiqib o‘rganish topshirildi va barcha ham yurtdoshlarimizning murojaatlari muammolarini hal qilish belgilab qo‘yildi.