Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Hujjatlar
  • Bog'lanish
Maqsad – xalqimizni rozi qilish

17.01.2023

Maqsad – xalqimizni rozi qilish

January 17, 2023

Xabar berib borayotganimizdek ayni kunlarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo'rabek Raximov hududlarda bo'lib, qish mavsumida aholi xonadonlari va tibbiyot muassasalarini energiya resurslari bilan ta'minlash, bozorlardagi narx-navo masalalarini o'rganmoqda. Navbatdagi o'rganish manzili Xiva shahri va Xiva tumani bo'ldi.

 

Viloyat rahbari qishloq xo'jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari bilan tanishdi, Xiva shahrining vaqtinchalik faoliyat ko'rsatayotgan hamda qurilishi davom etayotgan yangi dehqon bozorida bo'ldi. 2,5 gektar maydonda barpo etilayotgan dehqon bozorida 412 o'ringa mo'ljallangan yopiq pavilon va 200 dan ortiq savdo do'konlari joy olgan.

-
-
-
-
-

Viloyat rahbari dunyoning turli mintaqalaridan xorijiy sayyohlar tashrif buyuradigan qadim Xivaning bozori shaharning mavqeiga mos, milliy va zamonaviy me'morchilik yutuqlarini o'zida mujassam etgan o'ziga xos betakror majmua bo'lishi kerak, deb ta'kidladi. Qurilish va jihozlash jarayonida bugungi kun bilan emas, uzoq yillarga mo'ljallangan rivojlanish tendensiyalarini e'tiborga olish bo'yicha tavsiyalar berdi.

 
-
 
-
 
-
 
-

Viloyat rahbari Xiva shahar va Xiva tuman tibbiyot birlashmalari bo'limlarida bo'lib, binolarning isitilishini ko'zdan kechirdi, shifokorlar va bemorlar bilan muloqotda bo'ldi.

 
-
 
-
 
-
 
-

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Jo'rabek Raximov Xiva shahri va Xiva tumanidagi o'rganishlar jarayonida bir nechta fuqarolarni qabul qildi, ularning yer munosabatlari va ko'chmas mulkka oid murojaatlarini eshitib, har bir murojaatga asoslantirilgan javob berildi.

 
-
 
-
 
-
 
-
 
-
 
-

 

 

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

© 2022 Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Hujjatlar
  • Shahar hokimi qaror va farmoyishlari
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:Azamat Saibnozorov