14.08.2022
Joriy yilning 11-avgust kuni Xiva shahrida hokim yordamchilari faoliyati hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi
Unda Respublikadan biriktirilgan vakil Sh.Rasulov, shahar hokimining o’rinbosari X.Babayev, viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshlig‘i Z.Ollakuliyev hamda hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Navbatdagi manzil Kalta minor mahallasidagi Kulolchilik faoliyati bo‘ldi.
Mahallada 630 ta xonadon, 1024 ta oila va 3629 ta aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Mahallaning o‘sish nuqtalari turizm va hunarmandchilik.
Mahallada YATT Otajanova Dilnoza Ravshanbekovna tomonidan kulolchilik faoliyati tashkil etilgan.
Mahalladagi yoshlar va ishsiz ayollarni kasbga o‘qitib ish bilan taʼminlab kelmoqda.
YATT Otajanova Dilnoza Ravshanbekovna tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mahalliy va xorijiy sayyohlarga sotib doimiy daromad olib kelmoqda.
Hisob kitobi: Xarajatlari (Mahsus tuproq va unga qo‘shiladigan turli xil xomashyo uchun ketadigan xarajatlar 80 mln.mahsulotni quritish uchun maxsus elektropechkalar uchun issiqlik quvvati 1200 gradusgacha bo‘lgan 1 ta pech, elektr energiyasi to‘lovi uchun 15 mln.so‘m, boshqa xarajatlar uchun 30 mln. so‘m jami 125 mln. so‘m.
Daromadi: Sopol buyumlar 1-oyda 17 mln.so‘m *12=204 mln.so‘m daromad olinadi.
Sof foyda: 204 mln – 125 mln = 79 mln. so‘m bo‘ladi.