14.08.2022
Joriy yilning 11-avgust kuni Xiva shahrida hokim yordamchilari faoliyati hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi
Unda Respublikadan biriktirilgan vakil Sh.Rasulov, shahar hokimining o’rinbosari X.Babayev, viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshlig‘i Z.Ollakuliyev hamda hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Mahallada 653 ta xonadon, 882 ta oila va 3334 ta aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Mahallaning o‘sish nuqtalari chorvachilik(parrandachilik), dehqonchilik va hunarmandchilik.
Mahallada “KHIVA SAPOLI” MCHJ sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda
Korxonada hozirgi kunda 20 nafar ishchi va 4 nafar shogirdlar faoliyat yuritib kelmoqda. MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan sopol idishlar va buyumlar shuningdek zamonaviy xhmda tarixiy andozalarga mos keladigan qurilishda ishlatiladigan tabiiy loyga ishlov berib yasalgan koshin qurilish materiali ishlab chiqarilmoqda. Ushbu mahsulotlar nafaqat shahar aholisiga balki viloyat miqyosida o‘z bozorini topgan,bundan tashqari korxona mahsulotlari Xiva shahriga keladigan chet ellik sayyohlarda xam qiziqish uyg‘otgan. MCHJ ning bir oylik ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 120.0 mln so‘mni tashkil qiladi jamiyatga rahbarlik qilayotgan S.Axmedov ishlab chiqaryotgan mahsulotlarga qo‘shni davlatlardan ham talab borligini agar mahsulotini eksport qilish imkoniyati ochilsa ishlab chiqarish hajmini yana-da kengaytirishni, hamda yangidan ish o‘rinlarini ochilishni bildirdi.
Hisob kitobi: Xarajatlari (Maxsus tuproq va unga qo‘shiladigan turli xil xomashyo uchun ketadigan xarajatlar 200mln. mahsulotni quritish uchun maxsus elektropechkalar uchun issiqlik quvvati 1200 gradusgacha bo‘lgan 3 ta pech, elektr energiyasi to‘lovi uchun 50 mln.so‘m, boshqa xarajatlar uchun 15 mln. so‘m jami 265 mln. so‘m,
Daromadi: Koshin o‘rtacha 1-oyda 40 m 2800000=32,0mln.so‘m 12=384 mln. so‘m,sopol buyumlar 1-oyda 15 mln. so‘m *12 oy =180 mln. so‘m daromad olinadi.
Sof foyda: 564 mln – 265 mln = 299 mln. so‘m bo‘ladi.