Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN HASHAR

28.08.2022

2022 yil 28 avgust kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan «Farovon Khiva» mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan hashar bo‘lib o‘tdi. Ushbu hasharda 110 nafar ishchi – xodimlar faol ishtirok etdilar.

 

Hashar davomida Mehmonxona tomonidan xodimlar uchun maxsus kofe- breyk tashkillashtirildi. Hashar bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu hasharni o‘tkazishdan asosiy maqsad Mehmonxona xodimlari orasidagi do‘stona munosabatni yanada yaxshilash bilan birga mehmonlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada samarador bo‘lishiga hissa qo‘shishdir.

Halqamizda azaldan tozalik va orastalik, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi anʼanaga aylangan.

“Farovon Khiva” mehmonxonasining tashqi va ichki ko‘rinishi, xonalarining har bir mayda detaligacha oliy toifali dizayner- injenerlar tomonidan tashkil topgan bo’lib, umumiy xonalarning soni 106 ta, ulardan 6 tasi Prezident apartamentlari, davlatimiz rahbari va boshqa yuqori martabali mehmonlarni bir necha bor qabul qilgan. Undan tashqari, mehmonxonada basseyn, fitnes zal, restoranlar va turli xil tadbirlarni o‘tkazish uchun 10 ta konferensiya zallari mavjud.

Shu jumladan, maʼmuriy ishlar bo‘limi, moliya bo‘limi, kadrlar bo‘limi, muhandislik bo‘limi, sotuv va marketing, mehmonlarni qabul qilish bo‘limi, xo‘jalik bo‘limi, oziq – ovqat va ichimliklar bo‘limi, xavfsizlik bo‘limi mavjud. Umumiy 175 nafar ishchi – xodimlar ish olib boradi.

 

 

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ