06.08.2022
Xiva shahar “Binokor” mahallasidagi 11-sonli maktab binosida huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek fuqarolarning huquqiy masalalar yuzasidan muammolarini tizimli hal etish va aholini huquqiy ongini doimiy oshirib borish, joylarda mavjud muommalarni hal etish uchun aholi o‘rtasida ochiq muloqatlar hamda odil sudlovni amalga oshirish jarayonlari yuzasidan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Ochiq muloqotda Xiva shahar 11-sonli maktab direktori X.Salayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov, maktabning 22 nafar xodimlar ishtirok qildilar.
Seminarda korrupsiya, yaʼni poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlar, bu toifadagi jinoyatlarning salbiy oqibatlari hamda ularni oldini olish choralari yuzasidan hamda odam savdosiga kiruvchi chaqaloq savdosi uni sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlari, oldini olish uchun eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar, choralar hamda tayinlanadigan jazo turlari, jazoni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-779 sonli Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudining raisi X.Avezov ma’lumot berib o’tdi.