16.07.2022
O‘zbekiston jannatmakon o‘lka. Chunki bu yurtda xar bir inson farovon hayoti, tinchligi, xotirjamligi uchun Inson kadri uchun tamoyili asosida barcha sohalarda jadal ishlar amalga oshirilmoqda.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ham aynan fuqarolar huquq va burchlari, hayot tarzi va ish sharoitlarini yaxshilashga, ayollarga barcha jabhalarda yengilliklar yaratishga, ularni teng huquqli ekanligini inobatga olib, oilada ham , ish jarayonida ham faol bo‘lishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Bu esa o‘z o‘rnida ayollarimizni farzand tarbiyasidagi masʼuliyatini yana-da oshirishga xizmat qiladi. Yoshlarimizni yurt kelajagi uchun xizmat qiladigan bilimli, barkamol avlod qilib tarbiyalash uchun esa ota-ona va taʼlim muassasasi hamkorligini yana-da kuchaytirish, o‘qituvchi va ota-ona jipslashib o‘quvchilarni doimo, har tomonlama nazorat qilib, maʼnaviy qadriyatlarimizga sodiq farzandlar qilib tarbiyalashga harakat qilishimiz lozim.
Dunyo chayqalib turgan hozirgi tahlikali zamonda yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirish xar bir katta yoshdagi insonning burchidir.
Shu maqsadda Yoshlar ishlari Agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi, shahar diniy bo‘limi xodimlari shahardagi maktablarda, mahallalarda ota-onalar bilan “Ogohlik davr talabi” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazmoqdalar.
Shuningdek, targ‘ibot tadbirlari davomida mamlakatimizning barcha taʼlim muassasalarida bir xil forma joriy qilinishi haqida, farzandlarimizni maktabga yagona formada kelishini taʼminlash, ularni dunyoqarashini to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi haqida taʼkidlab o‘tildi.