
06.01.2021

Tarixiy manbalarda keltirishicha Xivaning o‘zida 360 masjid bo‘lganligi yoziladi. Har bir mahallaning o‘z masjidi bo‘lganligini hisobga olsak, undan xam ko‘p bo‘lishi mumkin.

1967 yilda nashr qilingan Xorazm spravochnigida Xivada «94 masjid va 63 madrasa bo‘lgan. Bu masjid va madrasalarning vaqf yerlari 82 ming tanob edi» deb yozilgan.

Xiva xonlarining arxivlarida saqlanayotgan maʼlumotlar asosida V.Abdullayev tomonidan tayyorlangan maʼlumotlarda-Xiva shahri atrofida 137 ta masjid bo‘lganligi ko‘rsatiladi.

Bu maʼlumotlar Xiva xonligida XVI-XX asr boshlarida masjidlar ko‘rish rivojlanganligini ko‘rsatadi. Qadimiy va go‘zal Xivada qadimdan to shu bugungi kungacha mahalla, guzar masjidlari bunyod etilgan va bu masjidlarda mahallada yashovchi fuqarolar juma namozlarini ado etib kelganlar.

Ota-Murod (Matrizo) Qushbegi masjidining yozgi ayvonidagi marmar ustun tagida hijriy 1232 sanasi yozilgan bo‘lib, bu milodiy yil hisobida 1816 yilga to‘g‘ri keladi.

Ushbu masjid Ichon-Qalʼa hududida qurilgan bo‘lib, u 1837 yili Ota-Murod Qushbegi Xiva xoni Muhammad Aminxon shaxsiga yomon so‘zlarni aytgani uchun qatl qilingan. 1846 yili Xiva taxtiga Muhammad Aminni xon qilib tayinlanishida Ota Murod Matrizo Qushbegi muhim rol o‘ynagan.
Barcha masjidlarga xos bo‘lgan minora bu masjidda xam bo‘lgan, ammo minora shu davrgacha saqlanib qolmagan. Masjidda ko‘p ustunli yozgi ayvon va kvadrat shaklida qurilgan qishki masjid xam bor.
Ota-Murod Qushbegi masjidining yozgi ayvonining turida, qibla tomonida mehrob joylashgan, mehrobning o‘ng tomonida vaʼzxonlik uchun minbar, chap tomonida esa qishki masjidga kirish eshigi va Qurʼon o‘qiladigan maxsus joylar ajratilgan. Mehrob arkasimon qilib, stalaktidalari ganch bilan bezatilgan.
Masjidning yozgi ayvoni o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning yog‘och o‘ymakori bilan ishlangan ustunlari diqqatga sazovordir. Yozgi ayvonning 6 ta ustini qurilish texnikasi bo‘yicha 4 ta (prolyot)-ravoqdan va 2 ta (shag)-qadamdan iborat qilib, juda mukammal holda arxitekturaviy kompozitsiyaga xos va mos ravishda qurilgan.