
23.01.2025
Joriy yilning 20-yanvarida “Yangi O‘zbekiston” nomli videomaterialda Xorazm viloyati, Xiva shahri aholisi tomonidan yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqaro A. Xudayberganov gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun joriy qilingan limitlardan odamlarning norozi bo‘lishi, pensiyalar miqdorining energiya iste’mol xarajatlari uchun yetarli bo‘lmasligi, xalqning qiynalishi haqida ta’kidlagan. Shuningdek, fuqaro energiya iste’mol limitini bekor qilishni so‘ragan.
Biroq, o‘rganishlar natijasida ushbu fuqaroning xonadonidagi 3 ta xonasida elektr isitgich pechlari ishlatilgani va shu sababli elektr energiyasi iste’mol limiti oshib ketganligi aniqlandi. Elektr energiyasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Shuni ta'kidlash joizki, fuqaroning asliy muammosi kadastr masalalari bilan bog‘liq bo‘lib, kadastr masalasi bo‘yicha mutaxassislar uning xonadoniga borib, muammoni joyida hal qilishdi.