Shahar hokimi Qibla Tozabog‘ mahallasida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlardan so‘ng mahalla binosida bir guruh fuqarolar murojaatini tingladi.
Jumladan fuqaro Mirzayev Oybek tadbirkorlik faoliyatidagi muammolar yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qildi, uchrashuv davomida fuqaro Yakubova Laylo sog‘ligida muammosi bo‘lgan turmush o‘rtog‘ini davolanishi uchun yordam so‘rab murojaat qildi. Barcha murojaatlar joyida masʼul shaxslarga topshirilib amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida topshiriqlar berildi.