Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
XALQ DEPUTATLARI XIVA SHAHAR KENGASHINING OLTMISH TO‘QQIZINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

14.04.2022

Xiva shahar hokimligi axborot xizmatiApril 14, 2022
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xiva shahar Xalq qabulxonasi mudiri R.Allaberganovning “Shahardagi sektor, tashkilot va korxona rahbarlarining murojaatlari bilan ishlash shuningdek kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilarining ish faoliyati yuzasidan” 2022 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha axboroti tinglandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Xiva shahar IIB Huqubuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori kapitan F.X.Xudaynazarovning 2021 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan profilaktik ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan Xiva shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi M Matnazarovning “Shaharda 2022 yil yanvar-mart oylarida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazasini taʼminlash” borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi to’rtinchi masala Xiva shahar hokimining 2022 yil 25 mart 79-12-217-Q/22-son bilan Abdullayeva Zaynab Atabayevnaning Xiva shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.Babayevning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevralda “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-sonli qarori doirasida Xiva shahar hokimligida ijro intizomiga amal qilinishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni holati to‘g‘risida hisoboti tinglandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi oltinchi masala Xiva shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida bo’ldi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi yettinchi masala “Ayollar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalariga tushgan mablag‘larni sarflash to‘g‘risida bo’ldi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi sakkizinchi masala yuzasidan Xiva shahar xokimligining moliya bo‘limi mudiri D.Ishchanov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabridagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-5250 sonli qarori ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berib o’tdi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi to’qqizinchi masala yuzasidan Xiva shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori R.O.Pirnazarovning 2022 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Sessiyada Xiva shahar deputatlari, shahar tashkilot rahbarlari, mahalla raislari qatnashdilar.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Kun tartibidagi masalalar muhokama bo'lib, belgilangan tartibda ovozga qo'yilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

 

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

 

Biz bilan bo'ling!

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ