06.08.2022
Bugun 6-avgust kuni Xiva shahar hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining Yetmish beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputatlari 21 nafari, shahar tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari va OAV vakillari ishtirok qildilar.
Sessiya kun tartibida 10 ta masala Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashida muhakama qilinib, ovozga qo’yildi va to’langan ovozlar natijasiga ko’ra qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xiva shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Allaberganovning shahardagi sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyati, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva shahar sudi raisi Avezov Xamid Masharipovichning 2022 yilning olti oyi davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida olib borgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti to‘g‘risida.
Xiva shahar adliya bo‘limi boshlig‘i J.Mirzayevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PF-5415-son farmoni ijrosi yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
Xiva shahar prokurori vazifasini bajaruvchi 1-darajali yurist B.S.Abdullayevning Xiva shahar 2-sektorida hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash tadbirlarini rivojlantirish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2022 yilning 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini tasdiqlash to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi Xiva shahar bo‘limi tomonidan 2022 yilning 6 oylik faoliyati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
Xiva shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari B.N.Otajonovning Xiva shahar 3-sektorida hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha 2022 yilning 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida.
Xiva shahar mahalliy byudjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Xiva shahrida kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga va har taraflama qiynalayotgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritish, hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflash to‘g‘risida.
Xiva shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Eslatib o’tamiz! Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining navbatdagi sessiyaga kiritiladigan qaror loyihalari e-qaror.gov.uz rasmiy veb sayti orqali jamoatchilik muhokamasidan o’tkaziladi.