19.05.2022
Bugun Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining yetmish ikkinchi sessiyasi bo’lib o‘tdi. Sessiyada deputatlar va tegishli idora-tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar. Sessiyaga Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi raisi, shahar hokimi T.Davletov va birinchi o’rinbosari X.Babayevlar raislik qildi. Sessiya kun tartibidagi birinchi masala shaharda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilarining ish faoliyati yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xiva shahar Xalq qabulxonasi mudiri R.Allaberganovning 2022 yil 4 oylik yakuni bo‘yicha axboroti tinglandi. Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 5 maydagi “Ko‘rsatiladigan shoshilinch va tez tibbiy yordam sifatini yaxshilash hamda uni aholiga yanada yaqinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahrida tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tasdiqlash to‘g‘risida bo’ldi. Kun tartibidagi uchinchi masala Xiva shahrida 2022 yilda oromgohlarda bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish, yozgi mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida bo’ldi. Kun tartibidagi to’rtinchi masala Xiva shahar hokimining “Yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vasiylik kengashi yig‘ilishining 2022 yil 12 maydagi 4-sonli bayonini tasdiqlash to‘g‘risida bo’ldi. Kun tartibidagi beshinchi masala Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi xuzuridagi xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining nizomi, tarkibini va ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida bo’ldi. Kun tartibidagi oltinchi masala Xiva shahar hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vasiylik kengashi yig‘ilishining 2022 yil 10 maydagi 2-sonli bayonini tasdiqlash to‘g‘risida bo’ldi. Kun tartibidagi yettinchi masala Xiva shahrida 2022 yilda maxsus turizm hududlari etib belgilangan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash uchun amalga oshiriladigan loyihalar va talab etiladigan mablag‘lari hisob-kitobining “Manzilli ro‘yxati”ni tasdiqlash bo‘yicha Xiva shahar hokimining birinchi o‘rinbosari X.Babayevning 2022 yil 10 May 5-431/1-sonli yozishmasi to‘g‘risida. Kun tartibidagi sakkizinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi “2021 — 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 4936-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Xiva shahrida 2023 yilda investisiya dasturiga kiritilishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha ob’yektlarini manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida. Kun tartibidagi to’qqizinchi masala Xiva shahrida kam ta’minlangan ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalarni “Temir daftar”ga va xar taraflama qiynalayotgan xotin-qizlarni “Ayollar daftari”ga kiritish, hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflash to‘g‘risida. Sessiya kun tartibida jami 10 masalalar ko’rildi. Sessiyada ko‘rilgan masala yuzasidan deputatlar fikri tinglanib, qaror qabul qilindi. Xiva shahar hokimligi axborot xizmati