Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
XALQ DEPUTATLARI XIVA SHAHAR KENGASHINING YETMISH OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

30.08.2022

Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining yetmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibida 7 ta masala muhokama qilindi:

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xiva sharhidagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Allaberganovning kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi.

 

Kun tartibidagi ikkinchi masala Xiva shahar hokimining 2022 yil 23 avgustdagi 206-12-217-Q/22-son bilan Yuvbasarova Munojot Quziboyevnani Xiva shahar hokimi o‘rinbosari-oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlash bo‘yicha qarorini tasdiqlash to‘g‘risida bo‘ldi.

 

 

Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 2012 yil 16 oktyabr 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Xiva shahridagi mavjud mahallardagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash yuzasidan Xiva shahar hokimining manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Abdullayevaning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi to‘rtinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.12.2021 yildagi №-737-sonli “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash, hamda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vasiylik kengashi yig‘ilishining bayonlarini tasdiqlash yuzasidan shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha 1-o‘rinbosari X.Babayev Xiva shahrida kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish, hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘larini sarflash to‘g‘risida maʼlumot berib o‘tdi.

Kun tartibidagi so‘ngi masala O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2022 yil 21 fevral kuni o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishning 28-sonli bayoni 8-bandi ijrosi yuzasidan Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi to‘g‘risida.

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputatlari tomonidan keng muhokama qilinib, tasdiqlandi.

 

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ