23.09.2022
Joriy yilning 23-sentabr kuni Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining yetmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibida 9 ta masala muhokama qilindi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xiva shahar Xalq qabulxonasi shaharda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchilarining ish faoliyati yuzasidan axboroti tinglandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Xiva shahrida kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish, hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflash to‘g‘risida.
Kun tartibidagi uchinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.12.2021 yildagi №-737-sonli “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash, hamda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vasiylik kengashi yig‘ilishining 2022 yil 16 sentyabrdagi № 6-sonli bayonini tasdiqlash to‘g‘risida bo’ldi.
Kun tartibidagi to’rtinchi masala shahar hokimining “Yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vasiylik kengashi yig‘ilishi bayonlarini tasdiqlash to‘g‘risida bo’ldi.
Kun tartibidagi beshinchi masala Xiva shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi oltinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022 yil 7 sentyabrdagi “Aholining kundalik kayfiyatiga bevosita taʼsir ko‘rsatayotgan eng dolzarb muammolarni o‘rganish orqali 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yana-da yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” AF-49-sonli farmoyishiga asosan Aholi kayfiyatiga bevosita taʼsir ko‘rsatuvchi eng dolzarb muammolarni o‘rganish orqali obyektlarni aniqlash bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan aniqlangan manzilli ro‘yxatni tasdiqlash to‘g‘risida.
Kun tartibidagi yettinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-5250 sonli qarori ijrosi yuzasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi sakkizinchi masala “Ichon-Qalʼa” davlat muzey qo‘riqxonasi hududi ko‘chalaridagi savdo rastalarini tartibga keltirish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi so’ngi masala Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatining vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida bo’lib o’tdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputatlari tomonidan keng muhokama qilinib, tasdiqlandi.