XIVA SHAHAR HOKIMI TEMUR DAVLETOVNING O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUN" MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
01.10.2022
Assalomu alaykum aziz o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar!
Avvalo, Sizlarni va Sizlar orqali shahrimizning barcha pedagoglarini 1-oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bugun biz mana shu qutlug‘ ayyomni keng nishonlar ekanmiz, farzandlarimiz, kelajak avlodlarimizga bilim va tarbiya berishdek o‘ta murakkab, sharafli va fidoyilikni talab etadigan mehnatingiz uchun Siz, fidoyi muallimlarning mehnatlarini eʼtirof etishdan charchamaymiz.
Siz, aziz o‘qituvchilarsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Sizlar hayotimiz chirog‘isiz. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar taʼlim va tarbiya bergani uchun hamisha ustozlar oldida taʼzimdamiz.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!