XIVA SHAHAR HOKIMI XORIJIY TILLARNI OʻQITISH BOʻYICHA ENG YAXSHI MAKTAB OʻQUVCHILARINI TAQDIRLADI
10.03.2022
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining shahar bosqichi Xiva shahar 18-son maktabda boʻlib oʻtdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 1-o'rinni 12-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi; 2-o'rinni 11-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi; 3-o'rinni 17-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi qo'lga kiritdi. Ma'lumot uchun Xiva shahar hokimligi tomonidan 1-o'rin uchun 100 mln so'm, 2-o'rin uchun 75 mln so'm, 3-o'rin uchun 50 mln so'm pul mablag'lari berildi. Xiva shahar hokimligi axborot xizmati