Bugun, 1-sektor rahbari, Xiva shahar hokimi Temur Davletov "Mevaston" mahallasidagi Xiva pedagogika kollejida jami 41 nafar fuqarolar murojaati bilan tanishdi, shulardan 11 nafari nogironligi bo'lgan fuqarolarni tashkil qiladi.
Sayyor qabulda Xiva shahar Xalq qabulxonasi mudiri, hokim oʻrinbosarlari, shahar tashkilotlar rahbarlari va fuqarolar ishtirok etdi.
Fuqarolar tomonidan uy-joy, moddiy yordam, sogʻligini saqlash boʻyicha va boshqa masalalar yuzasidan murojaat boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida hal etildi, ayrim murojaatlarga xuquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, 7 nafar fuqarolarga o’z joyida xuquqiy maslahat berish orqali masalasi hal qilindi. Shuningdek, homiylik asosida uch nafar fuqarolarga moddiy yordamlar berilib, bir nafar fuqaromiz murojaati (yangi sovitgich berilib) ijobiy hal etildi.
Murojaatlari ijobiy hal etilgan fuqarolar o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi.
O'rganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, masʼullarga topshiriqlar berildi.
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati