XIVA SHAHAR ICHON QAL’A MAHALLASINING O‘SISH NUQTALARI TURIZM, XIZMAT KO‘RSATISH, HUNARMANDCHILIK
11.08.2022
Joriy yilning 11-avgust kuni Xiva shahrida hokim yordamchilari faoliyati hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi
Unda Respublikadan biriktirilgan vakil Sh.Rasulov, shahar hokimining o’rinbosari X.Babayev, viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshlig‘i Z.Ollakuliyev hamda hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Navbatdagi manzil Ichon qalʼa mahallasidagi Tikuvchilik faoliyati bo‘ldi.
Mahallada 388 ta xonadon, 628 ta oila va 2013 ta aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Mahalladagi “Davletova Anjela” YATT tikuvchilik bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tadbirkorga tikuvchilikni rivojlantirish maqsadida 120 mln.so‘m kredit ajratilgan va 1 ish o‘rni yaratilgan.
Tadbirkor bir oyda o‘rtacha 25-30 ta ko‘ylak tikish xizmatini ko‘rsatadi. Tadbirkor buyurtma asosida tikuvchilik qiladi, bundan tashqari 5-10 ta o‘zi tikib ishlab chiqargan ko‘ylaklarni xorijiy sayyohlarga sotadi
Hisob kitobi: Xarajatlari (1ta ko‘ylak tikish xizmati 45-50 ming so‘m, kuylak tikish uchun materiyal 120-180 ming so‘m, tikish uchun mayda xarajatlar 20 ming so‘m.)
Jami: 165-250 ming so‘m xarajat ketadi. 200-300 so‘mga sotiladi. 1-ta ko‘ylak ishlab chikarishdan o‘rtacha 100 so‘m daromad qiladi.
Daromadi: Bir oyda = 10-15 mln so‘m daromad olinadi.
Sof foyda: 2-3 mln. so‘m bo‘ladi..