Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida yoshlarni ona yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida, harbiy xizmatchilar ishtirokida uchrashuvlar, vatanparvarlik mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri, Xiva shahrida joylashgan 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida harbiy ma’muriy sektor rahbarlari, hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlari ishtirokida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar hamda o‘quvchi yoshlar uchun harbiy-vatanparvalik festivali o‘tkazildi.
Festival avvalida maktab o‘quvchilari uchun Turon Qoploni Jaloliddin Manguberdi va Buyuk Sohibqiron Amir Temur kabi buyuk bobokalonlarimizning qahramonliklari, jang san’ati, jasorati va Vatanparvarligi aks ettirilgan tematik sinf zamonaviy targ‘ibot vositalari va o‘sha davrga hos anjom aslahalar bilan jihozlanib foydalanishga topshirildi.
Kun davomida “Qo‘mondon va yoshlar” uchrashuvi ham tashkillashtirilib o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida qo‘shinlar qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yakubov yoshlar bilan hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashib, yoshlarimiz kelajakda vatanimiz taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shishlariga ishonch bilidirdi.
Ertamiz egalari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishib, yetarlicha javoblar olishdi.
Festival doirasida so‘z olganlar Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan ulkan imtiyoz va imkoniyatlar, ulardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida fikr yuritib, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish har bir yosh uchun sharafli va mas’uliyatli kasbga aylanib ulgurganligini ta’kidlab o‘tishdi.
Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan harbiy orkestr chiqishlari, faxriy qorovul, qo‘l-jangi ko‘rgazmasi va musiqiy chiqishlar barchada iliq taassurot qoldirdi.
Yakunda kun davomida sport musobaqalari va besh muhim tashabbus doirasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari, faol yoshlar hamda fahriy ustoz murabbiylarga Qo‘shinlar Qo‘mondonining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar mamlakatimizning barcha sohalari uchun fidoyi, mard va sadoqatli kadrlar zahirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati