11.08.2022
Joriy yilning 11-avgust kuni Xiva shahrida hokim yordamchilari faoliyati hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.
Unda Respublikadan biriktirilgan vakil Sh.Rasulov, shahar hokimining o’rinbosari X.Babayev, viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshlig‘i Z.Ollakuliyev hamda hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Hokim yordamchilari bilan muloqot qilish maqsadida Xiva shahar “Sangar” mahallasiga amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish va o‘rganish maqsadida, mahalladagi “Rayxon tikuvchi ishlab chiqarish” X/K tikuvchilik bo‘yicha faoliyat ko‘rildi.
Mahallada 938 ta xonadon, 1 120 ta oila va 5 268 ta aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Mahallaning o‘sish nuqtalari turizm va hunarmandchilik.
Xususiy korxona tomonidan har 3 oydan 30-40 xotin qizlar o‘quv qursini tugallab hayotda o‘z o‘rinni topishda, oilasiga daromad keltirib boshladilar.
Xususiy korxona tomonidan 60 ta ayollarni o‘qitish imkoniyati bor.
Mahalladagi “Ayollar daftari” “Yoshlar daftari” va “Temir daftarda” turgan ishsiz xotin qizlarni o‘qishga jalb qilib o‘qitilib kelmoqda. Hozirda Qo‘shko‘pir tumani o‘quv markazi bilan Bandlikka ko‘maklashi markazi Xiva shahri bilan shartnomalar tuzib hozirda 37 ta qizim o‘quv markazni tamomlash arafasida turib va ushbu qizlarimizga o‘qiganligi to‘g‘risida sertifikatlar beriladi – deydi Rayhon Abdullayeva