11.08.2022
Joriy yilning 11-avgust kuni Xiva shahrida hokim yordamchilari faoliyati hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan seminar tashkil etildi
Unda Respublikadan biriktirilgan vakil Sh.Rasulov, shahar hokimining o’rinbosari X.Babayev, viloyati Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshlig‘i Z.Ollakuliyev hamda hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Navbatdagi manzil Guliston mahallasidagi Parrandachilik faoliyati bo‘ldi.
Mahallada 1695 ta xonadon, 2451 ta oila va 9463 ta aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Mahallaning o‘sish nuqtalari Xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik va ishlab chiqarish.
Mahalladagi “Xiva Yuksak qurilish” MCHJ parrandachilik bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jamiyatga parrandachilikni rivojlantirish maqsadida 190 mln.so‘m kredit ajratilgan va 5 ish o‘rni yaratilgan.
Jamiyat 45 kunda o‘rtacha 25 ming donagacha broller jo‘ja yetishtiradi. Tuxumlar asosan Samarqand viloyati va Urganch shahridan olib kelinadi. Umumiy maydoni 2,5 gektar, 0,2 ga ozuqa maydoni.
Hisob kitobi: Xarajatlari (1 ta jo‘ja tayyor bo‘lgunga qadar 4 kg kombikorma mahsuloti istemol qiladi va 1 ta jo‘jaga 300 so‘mlik emlash uchun xarajat ketadi. (1 ta Jo‘ja narxi o‘rtacha 6000 so‘m,1 kg kombikorm 8000 so‘m) 1 ta jo‘ja 6000+ 4 kg kombikorm 32000 so‘m+emlash 300 so‘m=38300 so‘m bo‘ladi. .Jami: 10000 jo‘ja 6000+kombikorma 10000 32000+emlash 10000*300+boshqa xarajatlar 19 mln.so‘m=402 mln.so‘m xarajat ketadi. Boqish jarayonida 5% jo‘ja nobud bo‘lishi mumkin.
Daromadi: Bir oyda 1 ta jo‘ja o‘rtacha 2 kg deb hisoblasak, Hozirgi kunda 1 kg broller tovuq go‘shti o‘rtacha 20000 so‘m (9500 ta jo‘ja 2 kg = 19000 kg) 19 000 kg 40000 so‘m = 760 mln. so‘m daromad olinadi.
Sof foyda: 760 mln – 402 mln = 358 mln. so‘m bo‘ladi..