Joriy yilning 15-aprel kuni Xiva turizm va madaniy meros tehnikumi tomonidan Xiva shahar Ichan qal’a davlat tarixiy- me’moriy muzey qo’riqxonasida “Kasblar festivali” va ushbu festival doirasida tehnikum talabalari o’rtasida ishchi kasblar tanlovi ham tashkil etildi.
Tadbirda turizm , mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish , umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish yo’nalishlari talabalari tomonidan turizm sohasidagi kasblarni yoritib beruvchi bir- biridan qiziqarli shartlar bajarildi.
Jumladan, o’quvchilar mehmonxonalarda servirovka va housekeeping xizmati, turistik obektlarda gid va yo’riqchi- yo’lboshchi xizmatini tashkil etish shartlari bo’yicha bellashdilar. Tadbirga Ichan qal’aning asosiy kirish qismi bo’lgan “Ota darvoza” oldidan start berildi.
Hamda musobaqa shartlari “ Orient star” mehmonxonasida davom ettirildi. Shuningdek, festival doirasida ishtirokchilar va mehmonlar uchun tehnikumning oshpaz yo’nalishi o’quvchilari tomonidan osh damlanib, bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirga Xiva shahar va tuman maktablarining bitiruvchilari va sohaga qiziquvchi yoshlar taklif qilindi.
Shuningdek ishtirokchilarni baholash uchun Ichan qal’a davlat tarixiy- me’moriy muzey qo’riqxonasi hamda “Orient Star” va “Farovon” mehmonxonalari xodimlari ekspert sifatida qatnashdi.
Tadbir yakunida g’olib jamoalar estalik sovg’alari va kitoblar bilan taqdirlandilar.
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati
Biz bilan bo'ling!