Hayotimiz ko‘rki, oilalarimiz fayzi, qalbimiz quvonchi bo‘lgan ayollar bayrmi, ya’ni 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan shahardagi "Granit" kafesida tantanali tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga shaharda faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, xalq taʼlimi fidoiylari va mehnat faxriylari taklif etildi.
Tadbir boshida boʻlgʻusi ofitserlar hurmatli ayollarimizni gullar bilan qarshi olishdi.
Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Shuxrat Sadullayev va Zubayda Allaberganovalar boshchilik qilishdi.
Sh.Sadullayev so‘zga chiqib, tizimda jonkuyarlik bilan mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarni tabriklab, ularga bayram sovg‘alarini topshirdilar.
Tadbirning badiiy qismida shahar madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ayol, uning baxti, yurt madhi, tinchlik, ona Vatanni madh etuvchi she’r, qo‘shiqlar aytib, raqsga tushishdi va barchaga ko‘tarinkilik va bayramona kayfiyat ulashdilar.