Bugun Xiva shahar hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashining to'qson birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada, shahar hokimi, Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashi deputatlari, shahar tashkilot rahbarlari, va OAV vakillari ishtirok etib. Sessiyada shahar tashkilot rahbarlaring hisobotlari tinglandi.
K U N T A R T I B I
1).Xiva shahridagi sektorlar va tashkilotlar rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatlari va hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xiva shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Allaberganovning axboroti.
2).Xiva shahar IIB boshlig‘i v.v.b 3-sektor rahbari K.A.Adambaev tomonidan 2023-yil 6 oy davomida 3-sektorda xududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini o‘rganish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hamda 2023-yilning 2-yarimiga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida
3).O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati Xiva shaxar bo‘limi boshlig‘i M.Atadjanovning 2023-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti.
4).Xiva shahrida 2023-yil yanvar-iyun oylarida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligi va ijtimoiy muhofazasini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Xorazm viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Xiva shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M.Masharipovning hisoboti.
5).Joriy yilning 24-iyul kuni Xiva shahar “Xiva universal savdo kompleksi” AJga qarashli “Xiva buyum bozori” hududida sodir bo‘lgan yong‘in holati sabablari va bu yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida "Xiva universal savdo kompleksi"AJ, "Xiva dehqon bozori" MChJ, Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi (FVV) Xiva shahar bo‘limi, Xiva shahar IIB, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (SEOJSX), Xiva shahar yo‘l korxonasi, rahbarlarining axborotlari to‘g‘risida.
6).Xiva shahrida “Temir daftar” ro‘yxatida turgan ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida bandligi ta’minlangan, daromad manbai yaratilgan oilalarni “Temir daftar”dan chiqarish to‘g‘risida.
7).Xiva shahridagi kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida.
8).Xiva shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i R.O.Pirnazarovning 2023-yil 10-iyun №133A-sonli yozishmasi to‘g‘risida.
9).Xiva shaxar “Sangar” mahallasida joylashgan huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan Xiva shaxar IIB Huqubuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori kapitan F.A.Abduraximovning Xalq deputatlari Xiva shahar Kengashida 2023-yilning yarim yillik ish yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan profilaktik ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.