Xabaringiz bor Joriy hafta 20 iyun kuni shahar hokimining fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tgan edi va ushbu qabulda fuqaro Saidov Shonazar yashab turgan uy joyini taʼmirlashda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Bugun 22 iyun kuni fuqaro murojaatini joyida o‘rganish maqsadida, shahardagi Shixlar mahallasida istiqomat qiluvchi Saidov Shonazar xonadoniga shahar hokimi va Ichki Ishlar Vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligidan bir guruh mutasaddi xodimlar murojaatni o‘rganib chiqishdi va uy-joy taʼmiri masalasi yuzasidan tegishli masʼullarga o‘rganib chiqish yuzasidan topshiriqlar berilib nazoratga olindi.