Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARINI O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

29.08.2022

Xiva shahar xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufida umum o‘rta taʼlim maktablarida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan Xorazm viloyati Xiva shahridagi bir qator maktablarda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan vazirlik mutasaddilari, Xiva shahar hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan tanishib chiqildi.

Xorazm viloyati Xiva shahri “Mevaston” mahallasi hududida joylashgan 4-son maktab binosini “Investitsiya” dasturi doirasida mukammal taʼmirlash belgilangan.

Buyurtmachi tomonidan o‘tkazilgan elektron tender savdolarida “Xorazm Bobur Mirzo” masʼuliyati cheklangan jamiyati g‘olib deb topilgan.

Buyurtmachi hamda pudratchi o‘rtasida 29.03.2022 yilda 7463-sonli 2,838 mlrd.so‘mlik pudrat shartnomasi imzolangan bo‘lib, obyektni foydalanishga topshirish muddati 20.07.2022 yil etib belgilangan.

Bugungi kunda pudratchi tomonidan mukammal taʼmirlash ishlari tugatilib foydalanishga topshirildi.

Xiva shahrida Investitsiya dasturi doirasida 4 va 13-sonli hamda “Obod mahalla” dasturiga asosan esa 5-sonli maktablarda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari Openbudget.uz platformasi orqali Xivadagi 1 ta maktabda 500 mln.so‘mlik qurilish-taʼmirlash ishlari ham yakuniga yetmoqda.

 

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ