15.07.2022
Alla — beshik qo‘shig‘i, u xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham keng kuylangan. Bolani yo‘rgaklash, beshikka solish, uxlatish, uyg‘ongan bolani yo‘rgakdan yechib olish singari mashg‘ulotlar kuylar, chiroyli ohangdor so‘zlar bilan bezalgan bo‘ladi. Bunday dilni erkalovchi qo‘shiqlar bolaga hamisha xush yoqqan. Qadimda alla aytishni o‘rgatuvchi, badihago‘y ayollar ham bo‘lgan.
Beshik qo‘shiqlarida onalarning orzulari bayon etiladi. Alla o‘z davrining lirik kayfiyatdagi ruhiy ko‘zgudir. Onaning yoqimli ohanglari mazmunida davr muhiti, ijtimoiy-maishiy hayot, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar oddiy so‘zlarning go‘zal va badiiy, ruhiy qudrati o‘z ifodasini topgan.
Alla – umuminsoniy qo‘shiqdir. U turli tillarda aytilishi mumkin, ammo uning zamirida bir narsa onaning farzandiga cheksiz mehru muhabbati yotadi.
Roza Madirimova,
Xiva shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.