Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
XIVA SHAHAR HOKIMI TEMUR DAVLETOVNING “QURBON HAYITI” MUNOSABATI BILAN XIVA SHAHAR AHOLISIGA TABRIGI

09.07.2022

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Qadrli Xivaliklar!

Xalqimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda katta shodu xurramlik ila kutib olayotgan Qurbon hayiti bilan sizlarni, go‘zal diyorimizdagi barcha mo‘minlarni chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Ayni shu kunlarda el-yurtimizga xos bo‘lgan mehr-muruvvat, shafqat va saxovat tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘lib, barchamizni ehtiyojmand, kam taʼminlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, nogironlar, yolg‘iz keksalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatish, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va qabristonlarni obod qilish kabi savobli ishlarga daʼvat etmoqda.

Bunday xayrli amallar ijtimoiy hayotning turli sohalarida ro‘yobga chiqarilayotgan, insonni aziz va mukarram deb bilishga, jamiyatimizda qonun va adolat ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarimizga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.

Biz ularning zamirida islom dinining insonparvarlik mohiyati va qudratini ko‘ramiz, buyuk maʼnaviy meros vorislari ekanimizdan haqli ravishda faxrlanamiz.

Aziz yurtdoshlar!

Barcha pok niyatlarimiz ijobat bo‘lishini, Yaratganning o‘zi yurtimizni turli balo-qazolardan asrashini, birdamlik, do‘stlik va ahillik tuyg‘ularimiz yana-da ziyoda bo‘lishini so‘rab qolaman.

Ezgu intilish va ishlarimizda Alloh taolo hamisha madadkor bo‘lsin!

Xiva shahar hokimi Temur Davletov Ismoilovich

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ