27.08.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 martdagi 110-sonli qarorida belgilangan loyiha obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan “Said Mohi Ro‘yi Jahon” majmuasi, Madaniy meros obyektida Xiva restavratsiya markazi tomonidan taʼmirlash tiklash ishlari olib borilmoqda.
Turizm obyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya qilish va obodonlashtirish hamda turizm infratuzilmasi va yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va madaniy-ko‘ngilochar infratuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Said mohi ro‘yi jahon” maqbarasini qayta taʼmirlash va restavratsiya qilish, tevarak atrofini obodonlashtirish, joriy yilning sentyabr oyiga rejalashtirilgan.
Ayni shu vaqtda shahar hokimi Temur Davletov hamda Madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Ergash Salayev bilan birgalikda restavratsiya ishlarini ko‘zdan kechirib, o‘zlarini kerakli takliflarini.
Madaniy meros obyektlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida OAV vakillari ham ishtirok etib, maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.