17.06.2022
Joriy yilning 17 iyun kuni Xiva shahar hokimligida, shahar hokimi Davletov Temur Ismoilovich Turizm va madaniy meros obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan ma’umot berib o’tdi.
2021 yil davomida Xiva shahrida jami 558,5 ming nafar (2020 yil 331,2 ming nafar) sayohatchilar tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 37,6 ming nafar xorijlik (2020 yil 22,7 ming), 520,9 ming nafar (2020 yilda 308,5 ming) mahalliy sayyohlarni, turizm xizmatlari eksporti 40,0 mln. dollarini tashkil etdi.
Xiva shahrida hozirgi kunda jami 134 ta joylashtirish vositalari mavjud bo‘lib, ulardagi o‘rinlar soni 3767 tani tashkil qiladi.
Shundan, mehmonxonalar soni 55 ta, oilaviy mehmon uylari soni 70 tani, hostellar soni 6 tani va boshqa joylashtirish vositalari soni 3 tani tashkil qiladi. Shuningdek 17 ta turoperatorlar, ko‘ngil ochar parklar, alleya maydonlari, istirohat bog‘lari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2021 yil davomida 5 ta mehmonxona (448 o‘rin), 8 ta mehmon uylari (98 o‘rin) 2 ta shopping turizm obyektlari tashkil etildi.
Shuningdek turizm va madaniy meros obyektlar infratuzilmasini yaxshilash uchun Vazirlar Mahkamasining 247-sonli qaroriga asosan 192,0 mlrd. so‘m mablag‘lar ajratildi va ushbu mablag‘lar evaziga 2021 yilda Xiva shahrida,21 ta madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya, atroflarini obodonlashtirish ishlari, shahridagi 30 dan ortiq sayyohlar tashrif buyuruvchi turizm obyektlarida obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiyani yaxshilash va axborot markazlari tashkil etish, yondosh infratuzilmani tartibga keltirish choralarini ko‘rish ishlari bajarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4095-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 3 yulduz toifasiga ega mehmonxona tashkil qilinganligi uchun 2021 yilda Xiva shahridagi “Said Islom xo‘ja” mehmonxonasiga 2,28 mlrd. so‘m miqdorda subsidiya ajratildi.
Xiva shahriga tashrif buyurayotgan sayyohlar vaqtini yana-da mazmunli tashkil etish va ularning qolish muddatlarini uzaytirish maqsadida 8 ta yirik ommaviy tadbirlar, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari namoyish qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusi bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021 yil 28 apreldagi kuni “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniy forumga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida"gi 247-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2021 yil 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida YUNESKO shafeligida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniy forum bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida Xalqaro TURKSOY tashkiloti tomonidan 2020 – 2021 yillarda “Xiva shahri – turk dunyosi madaniy poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman, turli darajadagi uchrashuvlar va “Xiva – turk dunyosi madaniy poytaxti” nomli gala-konsert tashkil etildi.
Forumda 300 nafar xorijiy va 150 nafar mahalliy madaniy meros, ilm-fan, sanʼat va boshqa sohalardagi ekspertlar hamda 26 ta xorijiy OAVlari vakillari ishtirok etishdi.
Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Xiva turizm va servis kolleji “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tuzilmasidagi Xiva turizm va madaniy meros texnikumiga aylantirildi. Ushbu taʼlim maskanini 2021-2022 yillarda rekonstruksiya qilish maqsadida 14,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratildi.
Xiva shahar turizm salohiyati va ularning mavjud imkoniyatlari va ixtisoslashuvidan kelib chiqib, istiqbolda rivojlantirish va turistlarni jalb etish bo‘yicha asosiy drayverlar belgilandi. Jumladan, ziyorat, madaniy, gastronomik, hunarmandchilik, MICE turizmi shular qatoriga kiradi.
Turizm yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi doirasida Xiva shahrida 2022 yilda mahalliy va xorijiy tashabbuskorlar tomonidan umumiy qiymati 648,9 mlrd. so‘m (o‘z mablag‘lari 336,8 mlrd. so‘m, xorijiy investitsiya 20,0 mln. doll) miqdoridagi 58 ta loyihalar amalga oshirilishi hamda 923 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirildi.
Shundan, mehmonxonalarni tashkil etish bo‘yicha – qiymati 388,4 mlrd so‘m (o‘z mablag‘i 201,6 mlrd so‘m, bank krediti 76,8 mlrd so‘m, hoirijiy investitsiya 10,0 mln. AQSH dollari) miqdoridagi 27 ta loyiha (xonalar soni 580 ta, o‘rinlar soni 1208 ta) amalga oshirilishi, natijasida 495 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi;
Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish bo‘yicha – umumiy qiymati 4,3 mlrd so‘m (o‘z mablag‘i 2,9 mlrd so‘m, bank krediti 1,4 mlrd so‘m) miqdoridagi 7 ta loyiha (xonalar soni 24 ta, o‘rinlar soni 40 ta) amalga oshirilishi, natijasida 29 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi;
Tibbiyot turizm yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha – umumiy qiymati 22,5 mlrd so‘m (o‘z mablag‘ai 18,4 mlrd so‘m, bank krediti 0,6 mlrd so‘m) miqdoridagi 5 ta loyiha amalga oshirish, buning natijasida 49 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi;
shopping turizmni yo‘nalishi bo‘yicha – umumiy qiymati 232,9 mlrd so‘m (o‘z mablag‘i 118,0 mlrd so‘m, bank krediti 4,9 mlrd so‘m, xorijiy investitsiya 10,0 mln. doll) miqdoridagi 9 ta loyiha amalga oshirish, natijasida 273 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi;
Gastronomik turizm yo‘nalishi bo‘yicha – jami qiymati 11,5 mldr so‘m (o‘z mablag‘i 5,8 mlrd so‘m, bank krediti 5,7 mlrd so‘m) miqdoridagi 7 ta loyiha amalga oshirish va natijasida 52 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi;
Transport infratuzilmasi bo‘yicha – umumiy qiymati 3,0 mlrd, so‘m (o‘z mablag‘i 0,6 mlrd so‘m, bank krediti 2,4 mlrd so‘m) miqdoridagi 2 ta loyiha amalga oshirish va natijada 20 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi;
Turizm sohasini rivojlantiradigan boshqa loyihalar amalga oshirish bo‘yicha – umumiy qiymati 1,8 mlrd, so‘m (o‘z mablag‘i 1,0 mlrd so‘m, bank krediti 0,8 mlrd so‘m) miqdoridagi 1 ta loyihalarni amalga oshirish, natijada 5 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi yuzasidan manzilli ro‘yxat shakllantirildi.
Bularning natijasida Xiva shahar bo‘yicha:
Jami joylashtirish vositalari soni 168 taga, undagi xonalar soni 2302 taga va o‘rinlar soni 4950 taga yetadi.
Bundan tashqari, tibbiy klinikalar soni 8 taga ko‘payib, qo‘shimcha 200 dan ziyod koykalar:
Xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun xizmat ko‘rsatadigan 6 ta yirik shopping markazlari;
Milliy va Yevropa taomlari tayyorlash maqsadida yangidan tashkil etilayotgan 7 ta restoran va kafelardagi 300 dan ortiq qo‘shimcha qabul qilish quvvatlari;
Turistik sinfga mansub 2 ta jami 98 ta o‘rindiqli transport vositalari sotib olish tashkil etiladi.
2022-2026 yillar davomida, xorijiy turistlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari soni 60 tadan 100 tagacha yetkaziladi. Mazkur maqsadga erishish uchun:
50 ta madaniy meros obyektlarida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilishi natijasida muzey-qo‘riqxonaning barcha ko‘rgazmalarni bosqichma - bosqich zamonaviy texnologiyalar asosida smart muzeyga aylantiriladi;
2022-2023 yillar mobaynida xorijiy turistlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlarida 40 ta Wi-Fi zonalari tashkil etiladi;
2024 yilgacha viloyatda muzey-qo‘riqxona eksponatlari uchun zamonaviy fond-saqlash binosi quriladi.
Shuningdek, mazkur davrda viloyatga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarning qiziqishini orttirish hamda Xorazm viloyatining madaniy merosini jahonda saviyasni ko‘tarish choralari ko‘riladi.
Jumladan, YUNESKOning Umumjahon obyektlari ro‘yxatiga Xorazm viloyatida joylashgan 5 ta madaniy meros obyektlarini kirtilishi taʼminlanadi;
Xiva shahrida birinchi o‘zbek fotografi va kinooperatori Xudaybergan Devonov xotirasiga bag‘ishlangan “Buyuk ipak yo‘li davlatlari” xalqaro fotoko‘rgazmasi o‘tkaziladi;
Xiva shahrida joylashgan “Ichan qalʼa” davlat-muzey qo‘riqxonasini Ozarbayjonning Baku va Turkiyaning Antaliya shaharlarida joylashgan mashhur eski shahar andazalaridan foydalanilgan holda taʼmirlash-tiklash ishlari olib boriladi.
Xususan, Ichon qalʼa muzey qo‘riqxonasidagi “Ko‘hna Ark” saroyida qadimiy qalʼalarning katta hajmdagi maketlari qo‘yiladi.
22 ta hujradan iborat bo‘lgan “Amir to‘ra” madrasasida millatlararo totuvlikni ifoda qiluvchi Xalqaro madaniyat va sanʼat muzeyi tashkil qilinib u yerda respublikasida hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlarning milliy madaniyati aks ettiriladi.
Hozirgi kunda arxeologik qazilma ishlari olib borilayotgan “Ko‘hna Ark” saroyining bitta hovlisida arxeologik shourum tashkil qilinadi.
Hozirda qarovsiz qoldirilgan “Olloqulixon” madrasasida restavratsiya ishlari olib borilib, qadimgi sharq bozorini o‘zida aks ettiruvchi interaktiv muzey tashkil qilinadi.
Sayyohlarga suvinerlarni xarid qilishda qulaylik yaratish hamda qadimiy savdo markazlarini jonlantirish maqsadida “Karvonsaroy” maydonini tadbirkorlarga beg‘araz foydalanishga beriladi.
2023 yilda davlat byudjetning 18,0 mlrd.so‘m mablag‘lari hisobiga Xiva shahrida 1000 nafar yosh tomoshabinlar sig‘imiga ega Viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosi quriladi;
Aholining hordiq chiqarish bog‘larini ko‘paytirish maqsadida hududning turli shaharlarida mavzuli istirohat bog‘lari va tadbilar takshkil etiladi.
2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba 25-30 aprel kunlari Xiva shahrida “Lazgi” xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi yo’lga qo’yildi.
Xiva shahrida joylashgan “Ichon qalʼa” davlat-muzey qo‘riqxonasini Ozarbayjonning Baku va Turkiyaning Antaliya shaharlarida joylashagan mashhur eski shahar andazalaridan foydalanilgan holda taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ichon qalʼa muzey qo‘riqxonasidagi “Ko‘hna Ark” saroyida qadimiy qalʼalarning katta hajmdagi maketlari qo‘yiladi.
22 ta hujradan iborat bo‘lgan “Amir to‘ra” madrasasida millatlararo totuvlikni ifoda qiluvchi Xalqaro madaniyat va sanʼat muzeyi tashkil qilinib u yerda respublikasida hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlarning milliy madaniyati aks ettiriladi.
hozirgi kunda arxeologik qazilma ishlari olib borilayotgan “Ko‘hna Ark” saroyining bitta hovlisida arxeologik shourum tashkil qilinadi.
Hozirda qarovsiz qoldirilgan “Olloqulixon” madrasasida restavratsiya ishlari olib borilib, qadimgi sharq bozorini o‘zida aks ettiruvchi interaktiv muzey tashkil qilinadi.
Sayyohlarga suvinerlarni xarid qilishda qulaylik yaratish hamda qadimiy savdo markazlarini jonlantirish maqsadida “Karvonsaroy” maydonini tadbirkorlarga beg‘araz foydalanishga beriladi.
2023 yilda davlat byudjetning 18,0 mlrd.so‘m mablag‘lari hisobiga Xiva shahrida 1000 nafar yosh tomoshabinlar sig‘imiga ega Viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosi quriladi;
Aholining hordiq chiqarish bog‘larini ko‘paytirish maqsadida hududning turli shaharlarida mavzuli istirohat bog‘lari va tadbilar takshkil etiladi.
Ochiq muloqotda OAV vakillari va deputatlar faol ishtirok etdilar.
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati