Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
XIVA GILAMLARI DUNYO YUZINI KO‘RDI

20.07.2022

Ko‘hna va qadimiy Xivada gilamchilik sohasida o‘ziga xos boy tajriba maktabi shakllangan. Azal-azaldan bu yerda dunyoga mashhur gilamlar to‘qilib, bugun ham xorijiy sayyohlarni maftun qilib kelmoqda.

Viloyatimizning bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar shahardagi Angarik mahallasida qaytadan qad rostlagan zamonaviy texnologiyalar asosida ish boshlagan Xiva gilam kombinatida bo‘lishdi.

Press-tur davomida media makon vakillari gilam va gilam ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bugungi kunda “Xiva Gilam Kombinati” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan “Gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish” loyihasi muvaffaqiyatli va to‘la quvvat bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha uchun 21,5 mln. yevro mablag‘ sarflandi.

“Sam-Antep-Gilam” MCHJ taʼsischiligida tashkil qilingan korxonani qayta tiklash uchun jami 132, mlrd. so‘m investitsiya kiritilgan. Yiliga 2,2 mln. m.kv mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Yillik ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 55,0 mlrd. so‘mni, shundan, eskport hajmi 7,0 mln. dollarni tashkil qiladi.

Kiritilgan investitsiya natijasida 426 ta ishchi o‘rni yaratildi. Ishchi-xodimlarning aksariyati xotin-qizlarni tashkil qiladi. Birinchi navbatda uyda ishsiz o‘tirgan, “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turgan ayollar ish bilan taʼminlandilar. Ular uchun mehnat va ish sharoitlari ko‘ngildagidek yaratib berilgan.

-Ishchi xodimlar kuniga uch mahal issiq ovqat, ishga qatnashlari uchun bepul transport va maxsus ust-bosh bilan taʼminlangan. Oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmoqda,- dedi korxona direktori Firdavs Amonov.

Umumiy yer maydoni 11,8 gektarni tashkil qiladigan ushbu korxonada yana qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, ishlab chiqarish quvvati, hajmi va mahsulotlar turini ko‘paytirish ustida ishlar olib borilmoqda.

 

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ