YO‘L QOIDASI UMR FOYDASI
19.07.2022
Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini joriy yilning 14 iyul kunidagi 92-sonli buyrug’iga asosan, Xiva shahridagi Ichki ishlar bo’limining sektor shtabi (3-sektor)da “YO‘L QOIDASI UMR FOYDASI” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xiva shahar ichki ishlar bo’limi xodimlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xizmati yo‘l xarakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari qatnashib, fuqarolarimiz o‘rtasida yo‘l xarakati qoidalariga rioya qilish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan holda avtotransport vositalarini boshqarish va uning oqibatlari haqida so‘z yuritildi.