13.07.2022
Xiva shahar hokimi Temur Davletov boshchiligida, hokim o’rinbosari va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda “Gulirayhon” mahallasidagi ko‘chalarining avtomobil yo‘llarini taʼmirlash, tungi yoritgich tizimini o‘rnatish ishlari bilan tanishdi.
Hozirgi kunda Xorazm viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injenering kompaniyasi tomonidan “Do‘stlik”, “Qum yop”, “M.Matkarimov”, “Nurli xayot”, “Nurli yo‘l” va “Ko‘xna Xiva” ko‘chalarining avtomobil yo‘llarini taʼmirlash, tungi yoritgich tizimini o‘rnatish, piyodalar va velosiped yo‘lakchalari, avtobus yo‘laklari, sayilgoh, vorkaunt va stritbol kabi ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.
Jumladan, Xiva shahrining “Do‘stlik” ko‘chasida (1,05 km), “Qumyop” ko‘chasida (0,34 km), “M.Matkarimov” ko‘chasida (1,07 km), “Nurli xayot” ko‘chasida (0,35 km), “Nurli yo‘l” ko‘chasida (1,02 km) va “Ko‘xna Xiva” ko‘chasida (3,83 km) qismidagi jami 5.1 km avtomobil yo‘llarini taʼmirlash, tungi yoritgich tizimini o‘rnatish, piyodalar va velosiped yo‘lakchalari, avtobus yo‘laklari, sayilgoh, vorkaunt va stritbol kabi ishlarni bajarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Xiva shahar hokimi ushbu hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan ham tanishib, ularning takliflarini tingladi.
Ta’mirlash ishlari yuzasidan shahar hokimi o’zining takliflarini berib o’tdi.