Xiva shahar hokimligining rasmiy veb-sayti

Ijtimoiy tarmoqlardagi
rasmiy sahifalar

  • Telegram
  • Facebook
  • Instagram
  • Twitter
  • Youtube
  • Virtual Ichon kal'a

Sayt bo‘yicha qidiruv

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti
  • Shahar haqida
  • Shahar hokimligi
  • Voqealar
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Bog'lanish
  • Shahar hokimi qaror va farmoyishlari
  • Қонунчилик палатаси қарорлари
  • Kengash qarorlari
  • Ochiq ma'lumotlar
  • Kengash qarorlari
  • e-qaror.gov.uz
  • Qaror loyihalari
  • Kuchini yo'qotgan hujjatlar
Litsenziyalash jarayoni elektronlashtirildi

26.03.2022

Xiva shahar hokimligi axborot xizmatiMarch 26, 2022
Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Qaror bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom tasdiqlandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Mazkur nizom bilan 28 ta litsenziyalanadigan faoliyat turlarining pasportlari tasdiqlandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Yagona nizomda tartib-taomillar boʻyicha umumiy qoidalar belgilandi.

Endilikda barcha arizalar elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi (license.gov.uz) orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida qabul qilinadi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Fuqarolarning davlat organlariga “borish” va “kutish” kabi ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qoʻyildi.

Litsenziya olish uchun ariza vakolatli organga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Maxsus elektron tizim orqali litsenziya berganlik uchun yigʻim va davlat boji toʻlovlari amalga oshirilganligi onlayn tekshiriladi hamda QR-kod qoʻyilgan litsenziya blankasi avtomatik ravishda shakllantirilib, talabgorning shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

Litsenziya olishda talabgorning boshqa kelishiladigan organlardan xulosasini olib, arizaga ilova qilish amaliyoti bekor qilindi.

“Bir darcha” tamoyili asosida litsenziyalovchi organning “Litsenziya” AT orqali tegishli xulosalarni boshqa organlardan oʻzi oladi, xulosa oʻz vaqtida taqdim etilmasa, ijobiy xulosa olingan deb hisoblanadi.

Litsenziyalovchi hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Talabgorning litsenziya berish haqidagi arizasini birinchi marta koʻrib chiqish jarayonida litsenziya berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda ushbu arizani koʻrib chiqish rad qilinmasdan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga muddat berilishi belgilandi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

Talabgor litsenziyalovchi organ qaroridan norozi boʻlsa faqat sudga murojaat qilish emas, nizoni sudgacha koʻrib chiqish tartibi belgilandi.

Endilikda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlarni respublika darajasida qabul qiluvchi vakolatli organlarda mavjud xodimlar orasidan 5 kishidan iborat shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi.

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

 

Apellyatsiya kengashi nizolarni tezkor koʻrib chiqib, qonuniy hal qilish imkoniyatini beradi. Lekin fuqarolar xohlasa apellyatsiya kengashiga murojaat qilmasdan toʻgʻridan toʻgʻri sudga ham murojaat qilishlari mumkin.

Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.

Manba: 80-son qaror, 21.02.2022y.

 

Xiva shahar hokimligi axborot xizmati

 

Biz bilan bo'ling!

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb sayti

Ma'lumotlardan foydalanilganda
www.xivashahar.uz ga havola ko‘rsatilishi shart

Xiva shahar hokimligi rasmiy veb-sayti

Shahar haqida
  • Shahar haqida
  • Mahalliy Kengash
  • Shahar tashkilotlari
  • Statistika
Shahar hokimligi
  • Hokimlik haqida
  • Elektron hukumat
  • Ishonch raqam
  • Bo'sh ish o'rinlari
  • Manzil
Voqealar
  • Matbuot xizmati
  • Deputatlar faoliyati
  • Ma'ruzalar
  • E'lon va tenderlar
Ochiq ma'lumotlar
  • PF-6247 BO'YICHA
  • OCHIQ BYUDJET MA'LUMOTLARI
  • Elektron hukumat
  • Davlat xizmatlari yagona reestri

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma`muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Ishlab chiqivchi:"Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" MCHJ